Bugun
3
O'zbek

Grinvud faoliyatini «Fenerbahçe»da davom ettiradi — manba

Futbol
12 iyul, 23:25
Meyson turkiyaliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.
Grinvud faoliyatini «Fenerbahçe»da davom ettiradi — manba
Foto: Getty Images

«Marsel» futbolchisi Meyson Grinvud faoliyatini «Fenerbahçe»da davom ettiradi. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, turkiyaliklar 24 yoshli angliyalik vinger uchun 45 million yevro to'laydi. Grinvud esa «Fenerbahçe» bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.

Uning yillik maoshi 8 million yevroga teng bo'ladi. Shuningdek, shartnomada yana 2 million yevrogacha bo'lgan bonuslar ham ko'zda tutilgan.

Ma'lumot o'rnida, «Marsel» 2024 yil yozida Grinvudni «Manchester Yunayted»dan 26 million yevro evaziga sotib olgandi. O'tgan mavsum angliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 gol urdi va 11 assist amalga oshirdi.

Avvalroq Saudiya klubi Meyson uchun 100 million yevro to'lashga tayyor ekani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Marseille Marseille
  • Fenerbahche Fenerbahche
Bugungi yangiliklar