Bugun
215
O'zbek

Saudiya klubi Grinvud uchun 100 mln yevro to'lashga tayyor

Futbol
8 dekabr, 10:15
Ular 24 yoshli hujumkor futbolchi uchun istalgan klub bilan raqobatlashishga tayyor.
Saudiya klubi Grinvud uchun 100 mln yevro to'lashga tayyor
Foto: Getty Images

«Marsel» hujumchisi Meyson Grinvudga «Neom» qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi FootMercato.

Manbaga ko'ra, Saudiya klubi «Marsel»ga 100 million yevrolik taklif yuborgan.

«Neom» angliyalik futbolchining o'yin davomidagi murakkab vaziyatlarda ham barqaror o'yin ko'rsata olishidan hayratda va uni hujumdagi yetakchi roliga eng mos nomzod deb bilmoqda. Ular 24 yoshli Meyson uchun kurashda istalgan klub bilan raqobat qilishga tayyor.

Grinvudning «Marsel» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyungacha mo'ljallangan. Bu mavsumda futbolchi barcha turnirlar doirasida 19 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining qiymati 40 million yevroga teng.

«Neom» Saudiya proligasida 9 o'yinda 14 ochko to'plab, 8-o'rinni egallab turibdi.

Avvalroq Grinvud «Marsel»ning Fransiya chempionligi uchun kurashishini aytgandi.

Bugungi yangiliklar