Fransiya milliy jamoasi futbolchisi Maykl Olise "Bavariya" rahbariyati bilan muzokara o'tkazishni talab qildi. Bu haqda El Debate nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Olise 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan so'ng o'z kelajagini muhokama qilish uchun "Bavariya" rahbariyati bilan darhol uchrashuv o'tkazishni talab qilgan. Hozirda "nemis mashinasi" futbolchini qo'yib yuborish niyatida emas.
24 yoshli futbolchi 2024 yil iyul oyida "Bavariya"ga ko'chib o'tganidan buyon o'zini jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida namoyish etdi. O'tgan mavsum Olise klub safida barcha musobaqalarda 57 ta o'yin o'tkazib, 25 ta gol urdi va 28 ta assist amalga oshirdi.
Avvalroq "Real" Maykl uchun jahon transfer rekordini yangilashga tayyor ekani ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi