Luka Modrich 2026 yildagi Jahon chempionatidan keyin ham milliy jamoadagi faoliyatini yakunlamaslikka qaror qildi.
Xorvatiya musobaqaning 1/16 finalida Portugaliyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnir bilan xayrlashdi. Shundan so‘ng bosh murabbiy Zlatko Dalich o‘z lavozimini tark etdi.
Tportal nashri 24sata manbasiga tayanib xabar berishicha, 40 yoshli yarimhimoyachi kamida yana bir yil davomida milliy jamoa safida o‘ynashni davom ettirishga qaror qilgan. Shuningdek, uning «Milan»da ham qolishi kutilmoqda.
Ta'kidlanishicha, xorvatlar sardorining bu qaroriga Slaven Bilichning bosh murabbiy etib tayinlanishi ehtimoli ta'sir ko‘rsatgan. Modrich aynan Bilich boshchiligida 2006 yili Xorvatiya milliy jamoasida debyut qilgandi.
Modrich Xorvatiya milliy jamoasida o‘ynashda davom etadi — manba
Futbol
10 iyul, 01:25
Bunga Bilichning bosh murabbiy etib tayinlanishi ehtimoli ta'sir ko‘rsatgan.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi