Bugun
3
O'zbek

"Aston Villa" Manzambi transferi bo'yicha kelishuvga erishdi (Romano)

Futbol
13 iyul, 03:10
Birmingem klubi 20 yoshli futbolchi uchun 60 million yevrodan ko'proq pul to'laydi.
"Aston Villa" Manzambi transferi bo'yicha kelishuvga erishdi (Romano)
Foto: Fabrizio Romano (X)

"Aston Villa" "Frayburg" bilan yarimhimoyachi Yoan Manzambining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Birmingem klubi Shveytsariya milliy jamoasining 20 yoshli futbolchisi uchun 60 million yevrodan ko'proq pul to'laydi. Shuningdek, jamoa Manzambi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Ma'lumot o'rnida, 2026 yildagi jahon chempionatida yarimhimoyachi 4 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta assist muallifi bo'lgan. Avvalroq "Aston Villa" Yoan uchun kurashda "Nyukasl"ni do'gda qoldirgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Frayburg Frayburg
Bugungi yangiliklar