Live
1
O'zbek

Dibala "Roma" bilan shartnomasini uzaytirdi

Futbol
13 iyul, 08:20
Argentinalik futbolchi Rim klubidagi faoliyatini davom ettiradi.
Dibala "Roma" bilan shartnomasini uzaytirdi
Foto: Getty Images

Yarimhimoyachi Paulo Dibala "Roma" bilan yangi shartnoma imzoladi.

Argentinalik futbolchi Rim klubi bilan 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladigan bitimga imzo chekdi.

Jurnalist Gianluca Di Marzio ma'lum qilishicha, yangi shartnomada uni uzaytirish bandi mavjud emas. Paulo yiliga qariyb 3 million yevrodan sal kamroq maosh oladi, shuningdek, turli bonuslar ham ko'zda tutilgan.

32 yoshli hujumkor o'yinchi 2022 yil iyul oyidan buyon Rim klubida to'p tepib kelmoqda.

O'tgan mavsumda Dibala A Seriyada 22 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar