«Roma» himoyachi Mario Ermoso bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishishga yaqin. Tomonlar bitimni 2029-yilning iyuniga qadar uzaytirishga kelishib olgan, hujjatlarni rasmiylashtirish yakuniy bosqichda.
Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 30 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan amaldagi shartnomaga yana 2 yil qo‘shiladi.
Ermoso ushbu mavsum «Roma» safida yuqori saviyada o‘yin namoyish etmoqda. Shu sababli Rim klubi himoyachini jamoada saqlab qolishga qaror qilgan.