«Gremio» bosh murabbiyi Luish Kashtru Kabo-Verde milliy jamoasi vingeri Jovane Kabralning transferi amalga oshganini tasdiqladi.
28 yoshli futbolchi Braziliya klubiga erkin agent sifatida o'tdi va 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
Kabral 2026 yildagi Jahon chempionatida Ispaniya (0:0) va Argentina (2:3) jamoalariga qarshi ikkita o'yin o'tkazdi.
Futbolchi so'nggi ikki yil davomida Portugaliyaning «Eshtrela» klubida o'ynadi. Shuningdek, u «Olimpiakos», «Salernitana», «Sporting» va «Latsio» jamoalarida ham to'p tepgan.
Kabo-Verde vingeri «Gremio»ga o'tdi
Futbol
13 iyul, 05:35
28 yoshli Kabral faoliyatini Braziliyada davom ettiradi.
Foto: Getty Images