Bugun
3
O'zbek

Rasmiy: Sergey Lushan – "Mash'al" bosh murabbiyi

Futbol
13 iyul, 04:05
Muborak klubi Eldor Sakaevni iste'foga chiqardi va uning o'rnini Sergey Lushan egalladi.
Rasmiy: Sergey Lushan – "Mash'al" bosh murabbiyi
Foto: FC Mash'al

Muborakning "Mash'al" klubi murabbiylar shtabida o'zgarish amalga oshirildi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

"Klubning amaldagi bosh murabbiyi Ildar Sakaev klub texnik direktori lavozimiga o'tkazilganligi munosabati bilan jamoa bosh murabbiyligiga tajribali mutaxassis Sergey Lushan tayinlandi.

53 yoshli murabbiy Toshkent shahrida tug'ilgan. U futbolchilik faoliyati davomida "Paxtakor", "Navbahor", Rossiyaning "Krylya Sovetov" hamda "Rostov" klublari safida to'p tepgan.

Murabbiy sifatida esa "Bunyodkor", "So'g'diyona", "Dinamo" (Samarqand), Belarusning "Shaxtyor" (Soligorsk) va "Shaxtyor" (Petrikov), shuningdek, Namanganning "Navbahor" klublarida faoliyat yuritgan. Uning so'nggi ish joyi "Navbahor" bo'lib, 2024–2025 yillar davomida jamoani boshqargan.

"Mash'al" futbol klubi Sergey Ivanovich Lushchanni bosh murabbiy lavozimiga tayinlangani bilan tabriklaydi hamda jamoamiz bilan yuksak natijalar va ulkan zafarlarga erishishini tilaydi", — deyiladi xabarda.

Avvalroq muborakliklar Boburjon Asqarov bilan shartnoma imzolagani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mash'al Mash'al
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar