Bugun
3
O'zbek

Trezeguet: «Messi mundialning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun Mbappe bilan kurashmoqda»

Futbol
13 iyul, 03:40
Frantsiya sobiq hujumchisi Kilian va Leo haqida fikr bildirdi.
Trezeguet: «Messi mundialning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun Mbappe bilan kurashmoqda»
Foto: Sky Sports

Frantsiya milliy jamoasi sobiq hujumchisi David Trezeguet Kilian Mbappe hamda shu kunlarda davom etayotgan 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi haqida fikr bildirdi.

— Avvalo jahon chempionati va xususan Mbappe haqida gaplashaylik. Uning o‘yinini qanday baholaysiz? Sizningcha, ushbu jahon chempionatining «Oltin to‘p»ini kim qo‘lga kiritadi?

— Hozir ko‘rib turganlarimizdan kelib chiqsak, Lionel Messi yana bir bor noyob futbolchi ekanini isbotlamoqda. Ushbu sovrin uchun u Mbappe bilan kurashmoqda. Bu aniq.

Mening fikrimcha, Frantsiya Argentinaga qaraganda ancha mukammal shakllangan jamoa. Ularning tarkibida kuchliroq ijrochilar bor, ular Yevropaning eng kuchli chempionatlarida to‘p tepishadi. Bu haqiqatan ham juda tajribali jamoa.

Argentinada ishtiyoqqo‘p, ammo jamoa Messiga juda kuchli bog‘langan. Shu bilan birga, Leo 39 yoshida ham ajoyib sport formasida ekanini aytish lozim», — dedi Trezeguet.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar