Bugun
3
O'zbek

Laporta: "Gordon va Adeyemining transferlari Rafinyaga aloqador emas"

Futbol
13 iyul, 04:40
"Barsa" prezidenti Rafinyani jamoadan qo'yib yuborish niyati yo'qligini ma'lum qildi.
Laporta: "Gordon va Adeyemining transferlari Rafinyaga aloqador emas"
Foto: Getty Images

"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa vingeri Rafinyani jamoadan qo'yib yuborish niyati yo'qligini ma'lum qildi. Bu bayonot Entoni Gordon va Karim Adeyemining transferlari fonida yangradi.

"Biz Rafinyaning ketishini istamaymiz. U jamoamiz uchun muhim futbolchi. Gordon va Adeyemining transferlari esa Rafinyaga aloqador emas. Bu uning ketishini anglatmaydi", — dedi Laporta.

Avvalroq "Barselona" Rafinya transferi orqali 90 million yevro ishlab olishi mumkinligi ma'lum qilingan edi. Futbolchining Saudiya klublari qiziqishlari doirasiga tushgani ham aytib o'tilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar