"Barselona" vingeri Rafinya Saudiya klublari qiziqishlari doirasiga tushgan. Bu haqida El Pais nashri xabar berdi.
Nomi oshkor etilmagan Saudiya klublari kelasi yozda braziliyalik futbolchi uchun 90 million yevro to'lashga tayyor. Futbolchining o'ziga esa yiliga taxminan 30 million yevro maosh taklif qilinishi kutilmoqda.
Yaqinda Rafinya kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilmagani ma'lum bo'ldi. Bungacha esa 29 yoshli futbolchi "Barselona"da qolish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Avvalroq braziliyalik vingerning mart oyidan beri ilk bor qaydnomaga kiritilgani ma'lum qilingan edi.