Bugun
3
O'zbek

FIFA Jahon chempionati-2026: uzoq yillar davom etadigan meros

Futbol
13 iyul, 05:55
FIFA'ning a'zo assotsiatsiyalar bilan ishlash bo'yicha rahbari Ilhan Mammado 2026 yilgi mundial haqida maqola yozdi.
FIFA Jahon chempionati-2026: uzoq yillar davom etadigan meros
Foto: Getty Images

FIFA'ning a'zo assotsiatsiyalar bilan ishlash bo'yicha rahbari Ilhan Mammadovning 2026 yilgi mundial haqida maqolasi e'lon qilindi.

FIFA Jahon chempionati-2026 musobaqasi maydondagi sifatli futbol va raqobatbardoshlik bilan ajralib turibdi. FIFA prezidenti Janni Infantino tashabbusi bilan amalga oshirilgan FIFA Forward dasturi orqali 211 ta a'zo assotsiatsiyaga investitsiyalar yo'naltirilib, yangi infratuzilma, akademiya va ayollar futboli rivojlantirilgan.

Muallifning ta'kidlashicha, turnirning asosiy yutug'i kubokni qo'lga kirituvchi jamoa emas, balki kelajak avlodlarni ilhomlantirish va dunyo bo'ylab futbol tizimini mustahkamlashdir. Bu yondashuv turnirdan keyin ham saqlanib qoladigan uzoq muddatli merosni yaratmoqda.

«Har bir FIFA Jahon chempionati katta qiziqish va keng muhokamalarga sabab bo'ladi. Bu — dunyoning eng nufuzli sport musobaqasiga xos holat. Ammo yakunda barchasiga futbolning o'zi baho beradi. Bu galgi turnir esa maydondagi o'yini bilan bunga munosib javob bera oldi.

FIFAning 211 ta a'zo assotsiatsiyasi bilan yaqindan hamkorlik qiladigan mutaxassis sifatida dunyoning barcha konfederatsiyalaridagi futbol rahbarlari bilan muntazam muloqot qilaman. Ularning fikrlarida bir jihat doimo takrorlanadi: ular namoyish etilayotgan futbol sifati bilan faxrlanadi hamda FIFA prezidenti Janni Infantino ilgari surayotgan qarashlar asosida futbol butun dunyo bo'ylab tobora rivojlanib, yanada kengroq qamrovga ega bo'layotganini e'tirof etadi.

FIFA prezidenti doimo bir g'oyani ilgari surib keladi: har bir muvaffaqiyatli FIFA Jahon chempionati final hushtagidan keyin ham davom etadigan meros qoldirishi kerak. Bugun bu yondashuv o'z samarasini bermoqda. FIFA musobaqalaridan tushadigan daromadlar dunyodagi eng yirik sportni rivojlantirish dasturi — FIFA Forward orqali FIFAning barcha 211 ta a'zo assotsiatsiyasida futbolni rivojlantirishga yo'naltirilmoqda.

Buning natijalari bugunning o'zida yaqqol ko'rinmoqda. Dunyoning turli mamlakatlarida yangi futbol akademiyalari barpo etildi, bolalar va o'smirlar futboli rivojlantirildi, ayollar futboliga yanada katta e'tibor qaratildi, zamonaviy infratuzilmalar yaratildi hamda kelajak avlod uchun yangi imkoniyatlar ochildi. Natijada xalqaro futbol tarixdagi eng raqobatbardosh davrini boshdan kechirmoqda.

Bugun xalqaro futbol da oson raqibning o'zi yo'q. Bu esa futbol taraqqiyoti uchun eng ijobiy ko'rsatkichlardan biridir.
Buni ushbu Jahon chempionatida ham yaqqol ko'rdik. Ilgari favoritlarga qarshi imkoniyatsiz deb hisoblangan milliy jamoalar bugun dunyoning eng kuchli jamoalarini uchrashuvning so'nggi daqiqalarigacha jiddiy sinovdan o'tkazmoqda. Bu tasodif emas. Bu — a'zo assotsiatsiyalarning yillar davomida amalga oshirgan tizimli investitsiyalari natijasi va FIFA prezidenti ilgari surgan strategiyaning amaliy samarasi hisoblanadi.

Qatarda bo'lib o'tgan FIFA Jahon chempionati oldidan ham turli bahs-munozaralar va shubhalar ko'p bo'lganini yaxshi eslayman. Ammo turnir yakuniga etgach, u tarixdagi eng muvaffaqiyatli Jahon chempionatlaridan biri sifatida e'tirof etildi. Odatda yirik turnirlar avval bahs-munozaralarga sabab bo'ladi, ammo yakunda maydondagi futbol barchasiga javob beradi. Tarixdagi eng yirik FIFA Jahon chempionati bo'layotgan ushbu musobaqa ham aynan shunday yo'ldan bormoqda: maydonda unutilmas lahzalar, uning ortida esa yanada kuchli va sog'lom futbol tizimi.

Men futbol rahbari sifatida ham, butun umri davomida futbolni sevib kelayotgan muxlis sifatida ham shunga qat'iy ishonamanki, ushbu FIFA Jahon chempionatining eng katta yutug'i faqat kubokni qo'lga kiritadigan jamoa bilan o'lchanmaydi. Uning haqiqiy merosi millionlab yoshlarni ilhomlantirishi, ularga ishonch va umid bag'ishlashi hamda butun dunyo futboli uchun yanada mustahkam poydevor yaratishidadir.

FIFA aynan shunday merosni barpo etishni maqsad qilgan. Va bu, shubhasiz, e'tirof etishga arziydigan yutuqdir», — deyiladi maqolada.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar