Fransiya milliy jamoasi himoyachisi Ibrahima Konate JCH-2026 yarimfinalidan o'rin olgan Ispaniyaga qarshi o'yin oldidan raqib vingeri Lamin Yamalning bayonotiga munosabat bildirdi.
Avvalroq 19 yoshli ispan: "Fransiya bizdan ehtiyot bo'lishi kerak. Bizda qo'rquv yo'q", — degandi.
Konate esa shunday javob berdi:
"Fransiya Ispaniyadan qo'rqadimi? Yo'q. Rostini aytsam, o'yin haqida aytilayotgan gaplarga e'tibor qaratmayapmiz. Biz hech kimdan qo'rqmasligimiz kerak. Eng muhimi, musobaqani qanday kamtarlik bilan boshlagan bo'lsak, shu ruhni saqlab qolish va ayniqsa hozir bunday gap-so'zlar tuzog'iga tushmaslikdir.
U istaganini gapirishi mumkin. Biz esa o'yinga eng yaxshi holatda tayyorlanamiz va yakunda natija bizning foydamizga hal bo'lishiga umid qilaman", — deya "Real" futbolchisining so'zlarini keltiradi Marca.
Fransiya — Ispaniya o'yini 14 iyul kuni bo'lib o'tadi.
"Fransiya Ispaniyadan qo'rqmaydi" — Konate Yamalga javob qaytardi
Futbol
13 iyul, 05:10
Ispanlar vingeri yarimfinal oldidan fransuzlarni ehtiyot bo'lishga chaqirgandi.
Foto: Getty Images
14.07.2026, 15:00
Jahon chempionati (JCH-2026)
Fransiya
-
:
-
Ispaniya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi