Live
1
O'zbek

Desham yarimfinal oldidan Ispaniyani yaqqol favorit deb atadi

Futbol
14 iyul, 05:24
Fransiya milliy jamoasi ustozi jahon chempionati 1/2 final bahsi oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.
Desham yarimfinal oldidan Ispaniyani yaqqol favorit deb atadi
Foto: Getty Images
14.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Ispaniya Ispaniya

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCH-2026 yarimfinal doirasidagi Ispaniyaga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U raqib bu juftliknnig yaqqol favoriti ekanligini ta’kidladi.

«Shubhasiz, Ispaniya bo‘lajak o‘yinning yaqqol favoriti. Men ularga bosim bo‘lishi uchun buni aytmayapman. Ular ko‘p gol urmoqda va bor yo‘g‘i bitta to‘p o‘tkazib yubodi… Ular chindan favorit», — deya Desham so‘zlaridan iqtibos keltirdi Fabritsio Romano.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 14 iyul, jahon chempionati 1/2 final dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va unda Fransiya hamda Ispaniya milliy jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. O‘yin «Ey-Ti-end-Ti» (Arlington, Texas, AQSH) stadionida bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar