Live
1
O'zbek

Desham: "Bu uchrashuvda ikki xil uslub to'qnash keladi"

Futbol
14 iyul, 01:00
Fransiya bosh murabbiyi Ispaniyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Desham: "Bu uchrashuvda ikki xil uslub to'qnash keladi"
Foto: Getty Images
14.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Ispaniya Ispaniya

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didie Desham 2026 yilgi jahon chempionati yarimfinal bosqichi doirasidagi Ispaniyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Ispaniya to'pni nazorat qilishga harakat qiladi. Ular mundialda atigi bitta gol o'tkazib yuborishdi, chunki raqiblar uchun ulardan to'pni olib qo'yish juda qiyin bo'ldi.

Biz ham o'yinni nazorat qilishni yaxshi ko'ramiz. Bu uchrashuvda ikki xil uslub to'qnash keladi va ulardan biri finalga yo'l oladi», — dedi Desham.

Ma'lumot o'rnida, 14 iyuldan 15 iyulga o'tar kechasi Fransiya va Ispaniya mundialning birinchi finalchisi bo'lish uchun kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Avvalroq Desham Ispaniyani ushbu bahsda favorit ekanini aytib o'tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar