Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didie Desham JCH-2026 yarimfinalidan o‘rin olgan Ispaniya bilan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Ispaniya milliy jamoasini yaxshi bilamiz, ular — amaldagi Yevropa chempioni. O‘tgan yozda ham Millatlar ligasi yarimfinalida (4:5) ularga qarshi o‘ynagandik.
Jahon chempionati oldidan va turnir boshida bizni ham favoritlar qatoriga qo‘shishgandi, ammo Ispaniya — favorit. Bu ularga bosimni oshirish uchun aytilgan gap emas, balki ular erishgan natijalarning tan olinishi, hatto Millatlar ligasi finalida Portugaliyaga mag‘lub bo‘lishgan bo‘lsa ham.
Bu — ko‘plab kuchli jihatlarga ega juda yaxshi jamoa. Ammo bu — Jahon chempionatining yarimfinali, shuning uchun daraja juda yuqori», — deya Deshamning so‘zlarini keltiradi Movistar.
Fransiya — Ispaniya o‘yini 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Desham: "Ispaniya — favorit. Bu raqibga bosim yuklash emas, balki ular erishgan natijalarning tan olinishi"
Futbol
13 iyul, 11:10
Fransiya bosh murabbiyi yarimfinal oldidan raqibga yuqori baho berdi.
Foto: Getty Images
14.07.2026, 15:00
Jahon chempionati (JCH-2026)
Fransiya
-
:
-
Ispaniya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi