Bugun
3
O'zbek

Gvardiola — Italiya milliy jamosini boshqarish uchun asosiy da'vogar

Futbol
13 iyul, 12:17
Aprel oyida Jennaro Gattuzo iste'foga chiqqan edi.
Gvardiola — Italiya milliy jamosini boshqarish uchun asosiy da'vogar
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» sobiq murabbiyi Xosep Gvardiola Italiya milliy jamoasi ustoziga aylanishi mumkin. Bu haqida Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Italiya futbol federatsiyasining (FIGC) bosh murabbiylik lavozimi uchun qisqa ro'yxatda uch nafar nomzod bor. Gvardioladan tashqari, unga milliy jamoani Yevro–2020 da g'alabaga olib kelgan Roberto Manchini va 2014 yildan 2016 yilgacha italyanlarni boshqargan Antonio Konte kiritilgan, biroq rahbariyat ularni favorit deb hisoblamayapti.

Eslatib o'tamiz, Italiya milliy jamoasida qatorasiga uchinchi jahon chempionatiga chiqa olmagandan so'ng ma'muriy o'zgarishlar yuz bergan edi.

Aprel oyida jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo iste'foga chiqdi. Shuningdek, milliy delegatsiya rahbari Janluiji Buffon va Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina ham o'z lavozimlarini tark etdi.

Avvalroq Paolo Maldini Italiya futbol federatsiyasining texnik direktori lavozimiga tayinlangandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar