Bugun
3
O'zbek

Messi – JCH-2026ning eng yaxshi futbolchisi, Bellinghem kuchli uchlikda

Futbol
13 iyul, 12:28
The Athletic JCH-2026dagi eng yaxshi futbolchilar reytingini yangiladi.
Messi – JCH-2026ning eng yaxshi futbolchisi, Bellinghem kuchli uchlikda
Фото: Getty Images

The Athletic amaldagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan eng yaxshi o'yinchilarning yangilangan reytingini taqdim etdi.

Birinchi o'rinda Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi joylashgan. Ikkinchi o'rinni Fransiya a'zosi Kilian Mbappe egallab turibdi, angliyalik Jud Bellinghem nashrning avvalgi reytingiga nisbatan to'rt pog'ona yuqorilab, uchinchi qatordan joy oldi.

Top-10 futbolchi quyidagicha ko'rinish olgan:

1. Lionel Messi (Argentina).
2. Kilian Mbappe (Fransiya);
3. Jud Bellinghem (Angliya);
4. Harri Keyn (Angliya);
5. Erling Holand (Norvegiya);
6. Maykl Olise (Fransiya);
7. Usmon Dembele (Fransiya);
8. Ashraf Hakimi (Marokash);
9. Vinisius Junior (Braziliya);
10. Emerik Laport (Ispaniya);

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

100+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar