«Lans» klubi belgiyalik yarimhimoyachi Torgan Azar bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Fransiya klubi 33 yoshli futbolchi bilan qancha muddatli bitim imzolagani oshkor qilinganicha yo'q. U ilgari bu jamoa tarkibida o'ynagan.
Azar so'nggi uch mavsumni «Anderlext»da o'tkazdi, shuningdek, faoliyati davomida «Borussiya D», PSV va «Zyulte-Varegem» klublarida ham o'ynagan.
2012 yilda u katta akasi Eden Azarning ortidan «Chelsi»ga o'tgan. Torgan «ko'klar» tarkibida birorta ham o'yin o'tkazmadi.
O'tgan mavsumda 33 yoshli xavbek Belgiya chempionatining 36 ta o'yinida 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.