Angliya milliy jamoasi himoyachisi Niko O’Rayli jahon chempionati-2026 yarimfinal doirasida argentinalik hujumchi Lionel Messiga qarshi ro‘baro‘ kelishi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Buni intizorlik bilan kutyapman. Bu unikal imkoniyat. Uning faoliyati yakunlanib bormoqda. Shaxsan men uchun u futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi. Bu chaqiruvni o‘zgacha ishtiyoq bilan kutyapman», — deya O’Rayli so‘zlaridan iqtibos keltirdi BBC Sport.
Ma’lumot uchun, mazkur o‘yin 15 iyul kuni «Mersedes-Bens Stedium» (Atlanta, AQSH) stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:59da start olishi reja qilingan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan jahon chempionati-2026 19 iyul kuni yakunlanadi. Amaldagi chempion Argentina milliy jamoasi hisoblanadi.