Argentina milliy jamoasida Angliyaga qarshi 2026 yilgi jahon chempionati yarimfinal o‘yini oldidan taktik o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda. Bu haqda Diario Ole nashri xabar berdi.
«Kumushrang o‘lka» vakillari bosh murabbiyi Lionel Skaloni asosiy tarkibga bir qator o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, dushanba kuni o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda argentinaliklar ikki xil taktik sxema ustida ish olib borishgani qayd etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Angliya va Argentina milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Avvalroq Angliya va Argentina o‘rtasidagi uchrashuvni boshqaradigan hakamlar brigadasi e’lon qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi