FIFA 2026 yilgi jahon chempionati yarimfinal bosqichi doirasidagi Angliya va Argentina milliy jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshqaradigan hakam nomini e'lon qildi.
Ushbu bahsni amerikalik Ismoil Elfat boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Kori Parker va Kayl Atkins yordam beradi.
To'rtinchi hakam — italiyalik Mauritsio Mariani. Zahira hakami sifatida esa yana bir italiyalik Daniele Bindoni faoliyat yuritadi.
Ma'lumot o'rnida, Angliya va Argentina o'rtasidagi uchrashuv 15 iyuldan 16 iyulga o'tar kechasi bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Avvalroq Fransiya va Ispaniya o'rtasidagi uchrashuvni boshqaradigan hakamlar brigadasi e'lon qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi