«Barselona» markaziy himoyachisi Ronald Arauxo yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar Pau Kubarsi, Xerard Martin va Erik Garsiyani jamoaning daxlsiz futbolchilari deb hisoblamoqda. Shuningdek, Andreas Kristensen ham yaqinda shartnomasini uzaytirgan.
Shu sababli Arauxo asosiy tarkibdagi o'rni uchun raqobatda ortda qolishi va zaxira rolidan norozi bo'lishi mumkin. Agar urugvaylik himoyachi transfer so'rasa, «Barselona» uning o'rniga yangi markaziy himoyachi olib kelishga harakat qiladi.
27 yoshli futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi