Bugun
3
O'zbek

«Barselona» ekvadorlik 18 yoshli futbolchini ijaraga oldi

Futbol
13 iyul, 13:32
Shartnomada futbolchini 2,5 million yevro evaziga sotib olish huquqi ham koʻzda tutilgan.
«Barselona» ekvadorlik 18 yoshli futbolchini ijaraga oldi
Фото: Barcelona

«Barselona» ekvadorlik Josue Kaysedoni LDU «Kito» jamoasidan ijaraga olganini e'lon qildi.

Kelishuvga koʻra, 18 yoshli oʻng qanot himoyachi 2026/27 yilgi mavsumni Kataloniya klubida ijara asosida oʻtkazadi. Shartnomada futbolchini 2,5 million yevro evaziga sotib olish huquqi ham koʻzda tutilgan. Agar Kaysedo asosiy jamoa safida kamida toʻrtta rasmiy uchrashuvda maydonga tushsa, ushbu band majburiy kuchga kiradi.

Shuningdek, LDU «Kito» futbolchining keyingi transferidan 20 foiz ulushni saqlab qoladi.

Futbolchi asosiy jamoa bilan mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida ishtirok etadi. «Barselona» rahbariyati uning kelajakda asosiy jamoa safidan oʻrin egallashidan umid qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar