Bugun
13
O'zbek

Jezus "Arsenal"ni tark etishi mumkin

Futbol
14 iyul, 16:11
Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
Jezus "Arsenal"ni tark etishi mumkin
Фото: Getty Images

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus yozgi transferlar oynasida klubini almashtirishi mumkin.

Jurnalist Freyzer Fletcherning ma'lum qilishicha, London klubi braziliyalik 28 yoshli forvardni sotishga tayyor. Uning xizmatlariga Italiya "Milan" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda va transfer imkoniyatini o'rganmoqda.

Qayd etilishicha, "Arsenal" Jezusning transferi uchun 20 million funt sterling talab qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Jezus 2022 yilda "Manchester Siti"dan 52 million yevro evaziga "Arsenal" safiga qo'shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

O'tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 17 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar