Live
2
O'zbek

Tilemans – "Manchester United" futbolchisi

Futbol
14 iyul, 14:02
Yuri 2031 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
Tilemans – "Manchester United" futbolchisi
Фото: Manchester United

Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Yuri Tilemans "Manchester United" safiga o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yuri yangi jamoasi bilan 2031 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

"Manchester United" kabi buyuk klubga qo‘shilganimdan qanchalik faxrlanishimni so‘z bilan ifoda etish qiyin. Bu men uchun bolaligimdan futbolga bo‘lgan mehrom va ko‘p yillik mehnatimning eng katta mukofotidir.

Futbolda muayyan yutuqlarga erishish nasib qildi, ammo bu meni yanada kattaroq maqsadlar sari intilishga undaydi. Klubdagi barchaning maqsadi aniq — yaqin yillarda eng yirik sovrinlar uchun kurashish. Biz bu yo‘lda bor kuchimizni sarflaymiz", — dedi Tilemans klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

O‘tgan mavsumla u barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar