Superliga ikkinchi qismi oldidan "Dinamo" jamoasi Samarqandda "Sho'rtan"ga qarshi nazorat bahsini o'tkazdi.
Qiziqarli kechgan bahsda G'uzor klubi hisobni ochgan bo'lsa-da, Vadim Abramov shogirdlari ikkinchi bo'limda Azizbek Amonov va Behruzbek Obloqulovning goli evaziga g'alabaga erishdi – 2:1.
Shu kuni "Dinamo" murabbiylar shtabi bir qator o'yinchilarni sinovdan o'tkazishdi, shu jumladan ko'rikda bo'lgan o'yinchilar ham maydonga tushirildi.
Nazorat o'yini.
14 iyul (seshanba)
"Dinamo" - "Sho'rtan" - 2:1
Gollar: Azizbek Amonov 47, Behruzbek Obloqulov 87 – Tursunqulov 13.
Nazorat uchrashuvi. "Dinamo" "Sho'rtan" bilan o'yinda kambek qildi
Futbol
14 iyul, 14:53
Samarqandliklar safida Amanov va Obloqulov gollarga mualliflik qildi.
Фото: Динамо ПФК