Live
5
O'zbek

"Sanderlend" Belgiya himoyachisi Toma Myone bilan shartnoma imzoladi

Futbol
15 iyul, 13:10
34 yoshli futbolchi APL klubiga o‘tdi.
"Sanderlend" Belgiya himoyachisi Toma Myone bilan shartnoma imzoladi
Foto: Sunderland

"Sanderlend" Belgiya milliy jamoasi himoyachisi Toma Myone bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

34 yoshli futbolchi so‘nggi ikki mavsumni o‘tkazgan "Lill" bilan shartnomasi tugagach, yangi jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi.

"PSJ" tarkibida uch karra Fransiya chempioni bo‘lgan Myone 2026 yildagi Jahon chempionatida 3 ta o‘yinda ishtirok etdi va Belgiya bilan chorak finalgacha bordi.

Myone faoliyati davomida "Borussiya D", "Bryugge" va "Trabzonspor" klublarida ham o‘ynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sanderlend Sanderlend
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar