Live
1
O'zbek

"Bornmut" "Real" tarbiyalanuvchisini sotib oldi

Futbol
15 iyul, 12:10
Alvaro Rodriges APL klubiga o'tdi.
"Bornmut" "Real" tarbiyalanuvchisini sotib oldi
Foto: Bournemouth

"Bornmut" klubi hujumchi Alvaro Rodrigesni "Elche"dan transfer qilganini rasman e'lon qildi.

Angliya klubi urugvaylik 22 yoshli futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Avvalroq ushbu transfer "Bornmut"ga 25 million yevro va qo'shimcha 5 million yevro bonuslarga tushishi xabar berilgandi.

Rodrigesning sobiq klubi — "Real" transfer qiymatining 50 foizini qo'lga kiritdi. Shu bilan birga, madridliklar hujumchiga bo'lgan barcha huquqlardan ham voz kechishdi.

O'tgan mavsumda Alvaro Rodriges La Ligada 34 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bornmut Bornmut
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar