Vengriyaning Budapesht shahrida yengil atletika bo'yicha «Hungarian Athletic Grand Prix» turniri bo'lib o'tdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Butunjahon yengil atletika federatsiyasining oltin darajadagi taqvimidan o'rin olgan ushbu musobaqada O'zbekiston jamoasi a'zosi Anvar Anvarov ham ishtirok etib, kumush medalga sazovor bo'ldi.
Uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan Anvarovning ikkinchi urinishda qayd etgan 8,12 metr natijasi unga shohsupaning ikkinchi pog'onasiga ko'tarilishini ta'minladi.
«Hungarian Athletic Grand Prix», Vengriya
Uzunlikka sakrash, erkaklar:
🥇 Miltiadis Tentoglu (Gretsiya) – 8,31 m
🥈 Anvar Anvarov (O'zbekiston) – 8,12 m
🥉 Saymon Bats (Germaniya) – 8,12 m
Avvalroq Anvarov Finlyandiyadagi musobaqada zafar quchgandi.
Yengil atletika. Anvar Anvarov Vengriyadagi turnirda kumush medalni qo'lga kiritdi
Boshqa sportlar
15 iyul, 14:15
O'zbekiston vakili uzunlikka sakrash dasturida Gretsiya vakilidan keyingi o'rinni egalladi.
Foto: Olympic uz