Live
1
O'zbek

Yengil atletika. Anvar Anvarov Finlyandiyadagi xalqaro musobaqada zafar quchdi

Boshqa sportlar
9 iyul, 12:55
O‘zbekiston vakili mezbon sportchilarni ortda qoldirdi.
Yengil atletika. Anvar Anvarov Finlyandiyadagi xalqaro musobaqada zafar quchdi
Foto: Olympic uz

Finlyandiyaning Yoensu shahrida Butunjahon yengil atletika federatsiyasining taqvimidan o‘rin olgan bronza darajadagi turnir bo‘lib o‘tdi, deb yozadi MOQ matbuot xizmati.

Unda erkaklar o‘rtasida uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan o‘zbekistonlik Anvar Anvarov oltin medalgа sazovor bo‘ldi. U turnirda 7,97 metr natija qayd etib, eng yaqin taʼqibchilari hisoblangan mezbon atletlarni sezilarli farq bilan ortda qoldirishga erishdi.

G‘olib va sovrindorlar:
🥇 Anvar Anvarov (O‘zbekiston) — 7,97 metr
🥈 Kalle Salminen (Finlyandiya) — 7,80 m
🥉 Kasper Vehma (Finlyandiya) — 7,64 m

Bugungi yangiliklar