Portugaliya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Nani JCH-2026dan chiqib ketgan Krishtianu Ronalduga murojaat qildi.
Portugaliya 1/8 final bosqichida Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirdagi ishtirokini yakunladi.
"Milliy jamoadagi va futboldagi merosing hammasini aytib turibdi. Hech qanday natija sen yaratgan tarix va unutilmas lahzalarni o'chira olmaydi. Krish, sen bilan birga ana shu lahzalarning ko'pini boshdan kechirish nasib etgan va men bu libos uchun qanchalik fidokorlik qilganingni yaxshi bilaman.
Shuningdek, bu libos Portugaliya sharafini himoya qilayotgan har bir futbolchi uchun nimani anglatishini ham yaxshi bilaman. Bu jamoa hurmat, qo‘llab-quvvatlash va ishonchga loyiq.
Senga ham, butun jamoaga ham kuch-g'ayrat tilayman", — deb yozdi Nani ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Nani Ronalduga: "Hech bir natija sen yaratgan tarix va unutilmas lahzalarni o'chira olmaydi"
Futbol
9 iyul, 13:15
Portugaliyaning sobiq yarimhimoyachisi jamoa sardorini qo‘llab-quvvatladi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi