Portugaliya milliy jamoasi yarim himoyachisi Joau Nevesh jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlik borasida fikr bildirdi.
"Mening birinchi jahon chempionatim — bu hissiyotlar qorishmasi. Mamlakat sharafini himoya qilayotganimdan faxrlanish va orzuyimizga erisha olmaganimizdan xafaman. Ko'pchilik har bir o'yinda ko'rsatayotgan mehnatimizni ko'rmaydi va milliy jamoa libosida maydonga tushish qanday hissiyot ekanini tushunmaydi. Bu biz kutgan natija emas. Hammaga rahmat, Portugaliya", — deb yozdi Joau Nevesh ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Eslatib o'tamiz, portugaliklar JChning 1/8 finalida Ispaniyaga (0:1) mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi.