Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) oʻz rasmiy saytida milliy jamoa bosh murabbiyi Roberto Martinez bilan hamkorlikni toʻxtatganini eʼlon qildi.
Ispaniyalik mutaxassisning shartnomasi 8 iyul kuni yakuniga yetdi.
«Federatsiya Roberto Martinezga va uning murabbiylar shtabiga 2025 yildagi Millatlar ligasidagi gʻalaba bilan yodda qolgan soʻnggi uch yarim yildagi professionalligi va fidoyiligi uchun, shuningdek, loyihani qabul qilishdagi sadoqati hamda mamlakat va Portugaliya futboliga doimo koʻrsatgan hurmati uchun minnatdorchilik bildiradi», — deyiladi FPF bayonotida.
Federatsiya prezidenti allaqachon yangi murabbiy izlashga kirishdi. Martinez portugalialiklarni 2023 yilning yanvar oyida qabul qilib olgandi. Uning qoʻl ostida jamoa 2025 yilda Millatlar ligasida gʻolib chiqdi. JCH-2026da esa nimchorak finalda Ispaniyaga minimal hisobda yutqazib, turnirni tark etdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi