Live
13
O'zbek

Islombek Baratov — "Buxoro" futbolchisi

Futbol
9 iyul, 12:55
Yarimhimoyachi Vohaga qaytdi.
Islombek Baratov — "Buxoro" futbolchisi
Foto: Buxoro PFC

"Buxoro" klubi mavsumning ikkinchi qismi starti oldidan navbatdagi transferni amalga oshirdi.

Birinchi davrada "Lokomotiv" safida to'p tepgan yarimhimoyachi Islombek Baratov "Buxoro" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

"Islombek Baratov 2000 yilda tug'ilgan. Faoliyati davomida "Yangier", "Sho'rtan", "Mash'al" hamda "Lokomotiv" kabi klublar safida to'p tepgan. Barotov o'ng qanot himoya va yarimhimoyada birdek harakatlana oladi. Klublar miqyosida 100 ta bahs o'tkazib 9 ta gol urgani va 7 assistni amalga oshirgani.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Islombek Baratovning iqtidori va mahorati yangi marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o'yin ko'rsatib, jamoaning g'alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o'ynashiga ishonch bildiradi"
, — deb yozadi klub matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro Buxoro
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar