Live
13
O'zbek

«So'g'diyona» Ivanovich bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
9 iyul, 11:50
Serbialik himoyachi Jizzax klubidagi faoliyatini davom ettiradi.
«So'g'diyona» Ivanovich bilan shartnomani uzaytirdi
Foto: Sogdiana Jizzakh

«So'g'diyona» markaziy himoyachi Filip Ivanovich bilan yangi shartnoma imzoladi.

Serbialik 34 yoshli futbolchi 2028 yil so'ngigacha Jizzax klubida o'ynaydigan bo'ldi.

«So'nggi yillarda jamoamizning muvaffaqiyatlarida muhim o'rin tutib kelayotgan, Superliganing nomdor legionerlaridan biri Filip Ivanovich bilan mehnat shartnomasi muddati uzaytirildi. Unga ko'ra mahoratli himoyachi 2028 yilning 31 dekabrigacha «So'g'diyona» sharafini himoya qiladi.

2025 yilning yozida jamoamiz safiga qo'shilgan Ivanovich qisqa vaqt ichida muxlislar mehrini qozonib, jamoaning yetakchi futbolchilaridan biriga aylandi.

Jamoamizning legioneriga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog'lik va yorqin g'alabalar tilaymiz»,
— deb yozadi klub matbuot xizmati.

Ivanovich bu mavsumda Superligada 7 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar