Live
2
O'zbek

Jo Hart: «Agar men Keyn bo‘lganimda uchinchi o‘rin uchun bahsda o‘zgacha ishtiyoq bilan harakat qilardim»

Futbol
18 iyul, 13:08
«Manchester Siti» va Angliya milliy jamoasining sobiq darvozaboni uchinchi o‘rin uchun o‘yin ahamiyati haqida gapirdi.
Jo Hart: «Agar men Keyn bo‘lganimda uchinchi o‘rin uchun bahsda o‘zgacha ishtiyoq bilan harakat qilardim»
Foto: Gettyimages
18.07.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Angliya Angliya

«Manchester Siti» va Angliya milliy jamoasining sobiq darvozaboni Jo Hart jahon chempionati-2026 uchinchi o‘rin uchun bahs haqida fikr bildirdi.

Ma’lumot uchun, bronza medallari uchun «uch sherlar» Fransiya milliy jamoasi bilan o‘ynaydi. O‘yin bugun, 18 iyul tunda «Xard Rok» stadionida (Mayami, Florida, AQSH) bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 02:00da start oladi.

«Agar men Harri Keyn singari «Oltin butsa»ga da’vogar bo‘lganimda, albatta o‘zgacha ishtiyoqqa ega bo‘lardim. Qandaydir tarix kerak. Albatta, biz uchun bu bema’ni o‘yin, deb hazillashish oson, lekin agar siz Angliya milliy jamoasi safida bo‘lsangiz va o‘z mamlakatingizni eng katta sahnada himoya qilsangiz, buni amalga oshiring. Bu Tuxel yana o‘zini top murabbiy sifatida ko‘rsatishi uchun imkoniyat», — deya Hartning so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Guardian.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar