Live
1
O'zbek

«Zenit» — 10 karra Rossiya Superkubogi sohibi

Futbol
18 iyul, 15:18
Sergey Semak shogirdlari Moskvaning «Spartak» klubini mag‘lubiyatga uchratishdi.
«Zenit» — 10 karra Rossiya Superkubogi sohibi
Foto: Gettyimages

«Zenit» Rossiya Superkuboki uchun bahsda Moskvaning «Spartak» klubini mag‘lub etdi: asosiy vaqtda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi, penaltilar seriyasida esa omad peterburgliklarga kulib boqdi — 4:2. Bu «Zenit» uchun 10-Superkubok sifatida tarixga kirdi.

«Zenit» Rossiya tarixida 2008, 2011, 2015, 2016, 2020, 2021, 2022, 2023, 2024 va 2026-yillarda mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, 1985-yilda peterburgliklar SSSR mavsum Kubogini yutishgan.

Ma’lumot uchun, «Zenit» amaldagi Rossiya chempioni hisoblanadi. Jamoa 2025/2026-yilgi mavsumida 30 o‘yinda 68 ochko to‘plagan. «Spartak» to‘rtinchi o‘rinni egallab, 52 ochko jamg‘argan. «Qizil-oqlar» Rossiya Kubogini yutgan, Superfinalda «Krasnodar»ni 1:1 (4:3 pen.) hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Zenit St. Petersburg Zenit St. Petersburg
  • Spartak Moscow Spartak Moscow
  • Rossiya Superkubogi Rossiya Superkubogi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar