Bugun
8
O'zbek

«Ayaks» hujum chizig‘ini Dovbik bilan kuchaytirmoqchi

Futbol
14 iyul, 02:00
Jamoa shu yozda ukrainalik futbolchini sotib olish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.
«Ayaks» hujum chizig‘ini Dovbik bilan kuchaytirmoqchi
Foto: Getty Images

Amsterdamning «Ayaks» klubi hujum chizig‘ini «Roma» futbolchisi Artyom Dovbik bilan kuchaytirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, «Ayaks» ushbu transfer oynasida rimliklarga ukrainalik futbolchini sotib olish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Bungacha Artyomni «Jenoa» ham o‘z safiga qo‘shib olishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma'lumot o‘rnida, 29 yoshli hujumchining «bo‘rilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, uning transfer narxi 15 million yevroni tashkil etadi.

Avvalroq Dovbik jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Ayaks Ayaks
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar