"Roma" hujumchisi Paulo Dibala Rim klubi bilan shartnomani uzaytirgani haqida fikr bildirdi. Tomonlarning yangi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"Hamma narsa yana davom etishidan mamnunman. Ushbu shahar va mamlakatda yana bir mavsumni o'tkazishdan xursandman. "Roma" ranglarini yana bir bor himoya qilish katta sharaf. Avval aytgandek, bu men uchun katta sharaf. Bu yilni sizlar bilan o'tkazishdan, hammani yana "Olimpiko"da va biz boradigan barcha shaharlarda ko'rishdan xursandman. Ayniqsa, biz intizorlik bilan kutgan o'sha ajoyib musiqa [Chempionlar Ligasi mad'hiyasi] yangraganda, — deya Dibalaning so'zlaridan iqtibos keltiradi "Roma" matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda.
O'tgan mavsumda Dibala barcha turnirlar doirasida 26 ta o'yinda ishtirok etib, uchta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.