Ispaniya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Jerar Pike 2026-yilgi jahon chempionati finali oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Futbolda har doim ham eng yaxshi jamoa gʻalaba qozonavermaydi. Ammo agar aynan jamoaviy oʻyin haqida gapirsak, Ispaniya ushbu turnirning eng yaxshi jamoasi. Argentina ham finalga mutlaqo munosib tarzda yetib kelishdi. Oʻylaymanki, Ispaniya gʻalaba qozonadi. Bu final biz uchun gerbimizga ikkinchi yulduzni qoʻshish imkoniyatini beradi", — deya Pikening soʻzlaridan keltiradi AS nashri.
Ma'lumot uchun, Ispaniya va Argentina bellashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:59da start oladi.