Bugun
17
O'zbek

Messi JCH "Oltin toʻp"ini qoʻlga kiritadi – manba

Futbol
19 iyul, 06:55
Leo ushbu mundialda sermahsulligi bilan ajralib turibdi.
Messi JCH "Oltin toʻp"ini qoʻlga kiritadi – manba
Фото: Getty Images

FIFA texnik qoʻmitasi jahon chempionati finalidan keyin topshiriladigan individual mukofotlar masalasini muhokama qildi.

The Touchline nashri xabar berishicha, turnirning "Oltin toʻp" sovrinini Lionel Messiga berish boʻyicha qaror qabul qilingan. Argentina finalda qanday natija qayd etishidan qat'i nazar, forvard sovringa ega boʻladi.

Leo ushbu mundialda sermahsulligi bilan ajralib turibdi. U ortda qolgan bahslar davomida 8 ta gol urdi va 4 ta assistni qayd etdi. Fransiya milliy jamoasi forvardi Kilian Mbappe esa 10 ta gol bilan toʻpurarlar roʻyxatini boshqarmoqda. Shuningdek, "Real" futbolchisi hisobida 4 ta assist ham mavjud.

Ma'lumot uchun, jahon chempionati final bellashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da boʻlib oʻtadi. Unda Ispaniya va Argentina milliy jamoalari oʻzaro kuch sinashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

265+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar