Braziliyalik afsonaviy sobiq hujumchi Ronaldo Ispaniya va Argentina milliy jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionati finali oldidan fikr bildirdi.
«Menimcha, Ispaniya Argentinani juda osonlik bilan mag‘lub etadi. Turnir oldilan Ispaniya yoki Fransiya g‘oliblikni qo‘lga kiritishi mumkinligini taxmin qilgandim. Shuning uchun hal qiluvchi bahsda «qizil furiya»ning imkoniyatlarini yuqori baholayman», - deya Ronaldoning so‘zlaridan keltiradi AlbicelesteTalk nashri.
Ma'lumot uchun, final bellashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:59da start oladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi