Angliya va Fransiya milliy jamoalari 2026 yildagi jahon chempionatida soʻnggi yillardagi eng sermahsul uchrashuvni oʻtkazdi.
3-oʻrin uchun kechgan bahsda jamoalar jami 10 ta gol urdi. Oʻyin Angliyaning 6:4 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Opta maʼlumotiga koʻra, bu 1982 yildan beri jahon chempionatida bir uchrashuvda tomoshabinlar 10 ta gol koʻrgan ilk holat boʻldi. Bundan avval bunday natija 44 yil muqaddam Vengriya va Salvador oʻrtasidagi bahsda qayd etilgandi. Oʻshanda vengerlar 10:1 hisobida gʻalaba qozongan.
Umuman olganda, jahon chempionatlari tarixida bir uchrashuvda 10 yoki undan ortiq gol atigi 6 oʻyinda kuzatilgan. Ularning 4 tasi esa 1930 va 1950 yillarga toʻgʻri keladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi