Live
2
O'zbek

Aguero Messi haqida hazil qildi: «U kattalar filmlari aktyoriga o‘xshaydi»

Futbol
18 iyul, 12:20
Argentina afsonasi yaqin do‘sti Lionel Messining mundialdagi o‘yinlariga hazilomuz ta'rif berdi.
Aguero Messi haqida hazil qildi: «U kattalar filmlari aktyoriga o‘xshaydi»
Foto: Getty Images
19.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasining sobiq hujumchisi Serxio Aguero yaqin do‘sti Lionel Messining JCh-2026dagi o‘yinlari haqida hazil aralash fikr bildirdi.

«Messi kattalar filmlari aktyoriga o‘xshaydi. U maydonda hammani «yengib tashlayapti», — dedi Aguero The Touchline nashriga.

Aguero va Messi ko‘p yillardan buyon yaqin do‘st hisoblanadi. Sobiq hujumchi yurak bilan bog‘liq muammolar sabab futbolchilik faoliyatini muddatidan avval yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy jamoasi JCh-2026 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Argentinaliklar 2022 yilda qo‘lga kiritgan jahon chempionligi unvonini himoya qilishni maqsad qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar