Bugun
11
O'zbek

Korrea "Tigres" muxlislari tomonidan tahdidlarga uchradi

Futbol
24 iyul, 03:16
"Atletiko" sobiq hujumchisi Meksika klubidan ketish istagi sabab bosim ostida qoldi.
Korrea "Tigres" muxlislari tomonidan tahdidlarga uchradi
Foto: Getty Images

"Atletiko" sobiq hujumchisi Anxel Korrea Meksikada "Tigres" jamoasidan ketish istagi sabab tahdidlarga duch keldi. Bu haqida jurnalist Alan Falabrino o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi akkauntida ma'lum qildi.

Insayder ma'lumotlariga ko'ra, argentinalik hujumchi "River Pleyt" klubiga o'tish arafasida va klub muxlislarining tahdidlari tufayli Meksikani tark etgan. Shu bilan birga, "Tigres" rahbariyati Korreatransferi shartlariga o'zgartishlar kiritgan, shu sababli o'tish amalga oshmasligi ham mumkin. Bunday holatda futbolchi shartnomani bekor qilishga harakat qiladi.

Anxel Korrea 2015 yildan 2025 yilgacha "Atletiko" safida to'p tepgan. Argentinalik futbolchi 10 yil davomida Madrid klubi tarkibida barcha musobaqalarda 444 ta o'yin o'tkazib, 85 ta gol urgan. Shuningdek, u Diego Simeone boshchiligidagi jamoa bilan 2020/2021 yilgi mavsumda La Liga, Yevropa ligasi va UEFA superkubogi g'olibligini qo'lga kiritgan. Bundan tashqari, Argentina milliy jamoasi hujumchisi 2022 yilgi Jahon chempionatida g'olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tigres Tigres
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar