Karim Adeyemi "Barselona"ga o'tgach, klub afsonasi Lionel Messining mahoratiga yuqori baho berdi.
"Men ko'rgan futbolchilar orasidagi eng yaxshisi — Messi. Men uchun har doim eng zo'ri Messi bo'lgan.
Shu bilan birga, Ronaldinoning o‘yinlarini kuzatish ham juda zavqli edi. Bu klub sharafini himoya qilgan boshqa ko‘plab buyuk futbolchilar ham bor.
Lamin Yamal bilan shaxsan tanish emasman, ammo u maydonda o‘zi haqida hammasini ko‘rsatib qo‘yadi. U — aqlbovar qilmas darajada kuchli futbolchi. Unda yuqori saviyada o‘ynash uchun kerak bo‘lgan barcha sifatlar bor. O'ylaymanki, o'rtamizda juda yaxshi o'zaro hamkorlik shakllanishi mumkin, chunki u — ajoyib goleador va dribling ustasi.
Shuningdek, Lamin jamoadoshlari uchun ham golli vaziyatlar yaratadi, aynan shu narsa menga kerak. Men raqib ortidan tezlik bilan oldinga chiqib, uzatma qabul qilishni yaxshi ko'radigan futbolchiman va shu jihatdan jamoaga juda katta foyda keltira olaman", — dedi hujumchi.
Adeyemi: "Men uchun Messi har doim eng zo‘ri bo‘lgan"
Futbol
24 iyul, 00:40
"Barselona"ga o‘tgan vinger jamoaning argentinalik afsonasi, shuningdek, Yamal haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi