Live
15
O'zbek

"Al Hilol" Dembele uchun taklif tayyorlamoqda

Futbol
23 iyul, 13:57
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.
"Al Hilol" Dembele uchun taklif tayyorlamoqda
Фото: Getty Images

Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi "PSJ" forvardi Usmon Dembele xizmatiga jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolieri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Riyod klubi fransiyalik 29 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish bo'yicha harakatlarni boshlashga tayyor. Biroq Dembele faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettirishga rozilik berishi kerak. Shundan so'ng muzokaralar boshlanishi mumkin.

Transfermarkt portalining ma'lumotlariga ko'ra, Dembelening bozor qiymati 100 million yevro atrofida baholanmoqda.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Al-Hilal Al-Hilal
Bugungi yangiliklar