Bugun
59
O'zbek

«Al Hilol» Rafinya uchun kurashdan chiqdi

Futbol
22 iyul, 23:45
Saudiya klubi uning o'rniga Sammervillni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi.
«Al Hilol» Rafinya uchun kurashdan chiqdi
Foto: Getty Images

«Barselona» vingeri Rafinya «Al Hilol»ga o'tmaydi. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.

Saudiya Arabistoni klubi «Vest Hem» vingeri Krisensio Sammervillni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi. Shu sababli klub «ko'k-anorranglilar» yulduzi Rafinya uchun kurashdan chiqqan.

Bundan tashqari, braziliyalik futbolchining o'zi ham avvalroq «Al Hilol»ning taklifini rad etgandi.

Transfermarkt portali Rafinyaning ayndagi transfer narxini 70 million yevro deb baholamoqda. 29 yoshli futbolchining Kataloniya grandi bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Hilal Al-Hilal
  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar